Karat, qirot
Karat, qirot (italyancha carato — dukkakli daraxt donining massasi) — birliklar tizimiga kirmagan massa birligi. Zargarlik ishlarida qimmatbaho toshlar va durlarning massalarini aniqlashda qo’llaniladigan o’lchov birligi. Dastlab har bir davlatning o’z Karati bo’lgan. Masalan, Braziliya Karati. -192 mg, Hindiston Karati — 205,5 mg, Misr Karati — 165 mg, Gollandiya Karati — 205,1 mg. O’lchovlar va tarozilar bo’yicha Bosh anjuman 1907 yilda Parijda yagona Karat birligi — 2-10″4 kg (200 mg) ga teng deb qabul qilgan.