Karate nima?

«Karate» so’zi yaponchadan tarjima qilinganda taxminan — «yalang’och qo’l bilan» degan ma’noni bildiradi. Karate — hozirgi ko’rinishida XX asrda yaponlarning qadimiy jiu-jisu tizimi negizida shakllangan qurolsiz himoyalanishning turlaridan biri. Anchayin muloyimtabiat dzyudoga nisbatan olganda karate hujumkor xatti-harakatlarga va og’ritadigan usullarga asoslangandir. Sportchi qo’li yoki oyog’i bilan inson tanasining nisbatan zaif joylariga zarba beradi. Karateni bevosita va bilvosita turlarga ajratadilar. Bilvosita olishuvda kurashchi raqib tanasiga tegmasdan, faqat zarbalarni ifodalab ko’rsatadi, xolos. Darvoqe, karate — bu nafaqat sport, qolaversa o’ziga xos falsafiy tizim: karatechi tanasini o’zining insoniy mohiyatini unutmagan holda chiniqtiradi.