Boksni kim ixtiro qilgan?

Mushtlashuv olishuvlari hali qadimgi Yunonistonda olimpiadalar va boshqa musobaqalarda ham bo’lib o’tar edi. O’sha zamonlardagi ayrim boks qoidalari hozirgilarga juda o’xshash bo’lgan. Ammo bir kattakon tafovut bor edi: olishuvchilar qo’lqop o’rnida tsestus deb ataladigan moslama taqishgan. U bronzadan yasalgan taxtacha qoplangan charm nakladka bo’lgan. Boks Rim imperiyasi parchalanganidan keyin oradan ko’tariladi va fahat XVIII asrning boshlarida Angliyada qaytadan vujudga keladi. Olishuvlar yalang’och qo’llar bilan o’tkazilar va ular bir necha soatlab davom etar edi. Nihoyat, 1867 yilda har bir raund davomiyligini uch minut bilan cheklash va ular o’rtasida bir minutlik tanaffus berishga qaror qilindi. XX asrga qadar boks bilan faqatgina ikki mamlakatda: Angliya va AQShda shug’ullanishardi, bugun esa u barcha mamlakatlarda eng ommaviy sport turlaridan biridir.