Sport kurashi necha yoshda?

Kurash — odamzotga ma’lum eng qadimiy sport turlaridan biri. Qadimgi Misr xilxonalarining devorlarida pahlavonlar olishuvlaridan olinmish yuzlab lavhalar tasvirlangan. Ularda bizning zamonamizda ma’lum bo’lgan deyarli barcha ushlashlar va turishlar tasvirlangan. Shunday qilib, kurash bundan 5000 yil avval ham yuksak saviyada rivojlangan sport turi bo’lgan ekan! Sportning uyushgan va ilmiy jihatdan asoslangan turi sifatida kurash, aftidan, Misrdan yoxud Osiyodan kechib o’tib Yunonistonda paydo bo’ladi. Shuning barobarida kurash Bahodir Tezey tomonidan kashf etilgani haqida hikoya qiluvchi afsona ham bor. Qadimgi yunon sport turlari tizimida kurash muhim mavqega ega bo’lgan. Yunon kurashchilari o’z tanalariga odatda moy surkashgan, keyin esa yaxshi ushlashni ta’minlash maqsadida moyni qum bilan sidirib olishgan. Qadimgi dunyoning eng zo’r kurashchisi krotonli milon mamlakat chempionatlarida 32 marta g’alaba qozongan va olimpiadalarda 6 bora birinchi bo’lgan. Kurash bag’oyat ommaviy bo’lgan Yaponiyada kurash bo’yicha rasmona qayd etilgan birinchi musobaqa miloddan avvalgi 23-yilda bo’lib o’tgandi. Yaponlarning sumo degan yagona kurash usuli bo’lib, unda kurashchining vazni katta ahamiyatga ega bo’ladi. Sumo bo’yicha bir qancha chempionlar kamida 135 kilogramm tosh bosishsa-da, favqulodda kuchli edilar, shuning barobarida judayam erkin harakatlanar edilar. Buyuk Britaniyada ham kurash bilan ancha zamonlardan buyon shug’ullanishadi. Siz, masalan, qirol Genrix VIII kurashga qiziqqanligi va durustgina pahlavon sifatida tan olinganligini bilasizmi?