Logarifm jadvallari

Logarifm jadvallari — hisoblashlarni osonlashtirish uchun qo’llaniladigan sonlar logarifmlarining jadvallari; eng ko’p tarqalgani o’nli kasrlar logarifmlarni hisoblash jadvallari. Mantissalaridagi xonalar soni har xil o’nli Logarifm jadvallari mavjud bo’lib, odatda, 4 xonali (masalan, V. M. Bradisning «To’rt xonali matematik jadvallar»i), 5 xonali (masalan, E. M. Prjevalskiyning «Besh xonali Logarifm jadvallari») jadvallar ko’proq ishlatiladi. Odatda, Logarifm jadvallari trigonometrik va boshqa miqdorlarning logarifmlarini ham o’z ichiga oladi (masalan, J. Neperning Logarifm jadvallari).