Logarifm jadvallari
Logarifm jadvallari — hisoblashlarni osonlashtirish uchun qo’llaniladigan sonlar logarifmlarining jadvallari; eng ko’p tarqalgani o’nli kasrlar logarifmlarni hisoblash jadvallari. Mantissalaridagi xonalar soni har xil o’nli Logarifm jadvallari mavjud bo’lib, odatda, 4 xonali (masalan, V. M. Bradisning «To’rt xonali matematik jadvallar»i), 5 xonali (masalan, E. M. Prjevalskiyning «Besh xonali Logarifm jadvallari») jadvallar ko’proq ishlatiladi. Odatda, Logarifm jadvallari trigonometrik va boshqa miqdorlarning logarifmlarini ham o’z ichiga oladi (masalan, J. Neperning Logarifm jadvallari).
O‘xshash so‘zlar
- Logarifm
- LOGARIFMIKA
- Logarifmlash
- LOGARIFMIK SPIRAL
- LOGARIFMIK QOG’OZ
- Logarifmik lineyka, hisoblash lineykasi






