Lozanna

Lozanna — Shveytsariyaning Janubiy- g’arbiy qismidagi shahar. Vo kantonining ma’muriy markazi. Aholisi 114,2 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Jeneva ko’li sohilidagi xalqaro ahamiyatga ega port. Aeroport bor. Aniq mashinasozlik, metallurgiya, poligrafiya, to’qimachilik, oziq-ovqat, tamaki sanoatlari rivojlangan. Universitet (1537), oliy texnika maktabi, muzeylar bor. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining qarorgohi. Xalqaro turizm markazi. Lozannada xalqaro Kongress va konferentsiyalar o’tkaziladi. Shaxarga rimliklar manzilgohi sifatida asos solingan. O’rta asrlarda episkoplik shahri bo’lgan. Lozannada me’moriy yodgorliklaridan Notrdam sobori, gotika cherkovi, ratusha va boshqalar saqlangan. Hozirgi zamon binolaridan ma’muriy binolar bor. Kurort shahar.