Abdulavval Nishopuriy
Abdulavval Nishopuriy — (?-15-asr, Samarqand) tasavvuf olimi. Nishopurda tug’ilgan. Abdulavval “Masmuot” (“Eshitilganlar”) kitobi bilan mashhur. Asar Xoja Ahrorning sufiylik nuqtai nazari, falsafiy qarashlari va tarjimai holiga bag’ishlangan. Abdulavval Xoja Ahrorning yoshligidan boshlab 86 yoshgacha bosib o’tgan sufiyona yo’lini o’sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy ahvol bilan bog’lab ko’rsatgan. Kitobda Mirzo Ulug’bek davri voqealari ham o’z ifodasini topgan. Asarning 2 nodir nusxasi mavjud. Abdurahmon faqih tomonidan kitobat qilingan nusxasi juda eski; ikkinchi nusxa 1598 yilda ko’chirilgan. Abdulavval Samarqandda Xoja Ahror qabristoniga dafn etilgan.