Abdulloh Ansoriy maqbarasi

Abdulloh Ansoriy maqbarasi – Hirot (Afg’oniston)dagi me’moriy yodgorlik (1425-29) va mashhur ziyoratgoh. Hazira-maqbara atrofi 30 hujra-xilxona bilan o’ralgan, oldi baland peshtoq. Hujralar gumbaz tomli, ularda, asosan, temuriylar avlodi-Hirot hukmdorlarining qabrlari bo’lib, oq, qora marmar qabrtoshlar o’rnatilgan. Ansoriy qabri ustiga keyinchalik Bobur oq marmardan yodgorlik (balandligi 7,5 metr) o’rnattirgan (saqlanmagan). Xona bezagida sirlangan g’isht, parchin va marmar, girih (murakkab handasaviy shakllarning takrorlanishidan iborat naqsh) ishlangan, kufiy uslubda xatlar bitilgan.

Добавить комментарий