ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI
ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI — Shotlandiyada etishtirilgan sergo’sht zot. Aberdin — Angus qoramol zoti AQSh, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argentina va boshqa mamlakatlarda boqiladi. Bu zot qora tusli, shoxsiz, tanasi tsilindrsimon, oyoqlari kalta, baquvvat. Sigirlarining tirik vazni 500-550 kg, buqalariniki 750-800 kilogramm, ba’zan 1000 kilogrammga boradi. 15-16 oylik axtalangan buqachalari 450-460 kilogramm go’sht qiladi. Bo’rdoqi qilib so’yilganda 60% go’sht beradi. O’zbekistonda Aberdin — Angus qoramol zotini jaydari qoramol zotlari bilan chatishtirish ishlari 60 — yillardan boshlangan. Surxondaryo viloyati uzun tumanidagi «Bobotog'» hamda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi uy. Yusupov nomidagi xo’jaliklarda mahalliy sharoitlarda bu zot imkoniyatlarini o’rganish davom ettirilmoqda (1998).
O‘xshash so‘zlar
- ABERDIN haqida nimani bilasiz?
- Aberdin-angus qoramol zoti
- ABERRATSION VAQT haqida nimani bilasiz?
- ABERRATSIYA haqida nimani bilasiz?
- ABERRATSIYA, biologiyada haqida nimani bilasiz?
- ABHARIY
- ABIDJAN haqida nimani bilasiz?
- ABIDOS haqida nimani bilasiz?











