ABERDIN haqida nimani bilasiz?
ABERDIN — Buyuk Britaniyadagi shahar, Shotlandiyada. Grampian rayoninining ma’muriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988). Shimoliy dengiz bo’yidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. To’qimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, universitet (1494), gotika sobori (1336-1522) bor. 12-14 — asrlarda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi.
O‘xshash so‘zlar
- ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI
- Aberdin-angus qoramol zoti
- ABERRATSION VAQT haqida nimani bilasiz?
- ABERRATSIYA haqida nimani bilasiz?
- ABERRATSIYA, biologiyada haqida nimani bilasiz?
- ABHARIY
- ABIDJAN haqida nimani bilasiz?
- ABIDOS haqida nimani bilasiz?











