Adabiy tilga kiritilmagan so’zlar nima degani?

Siz, ehtimol, kattalar sizga: «Sen, qabul qilinmagan so’zlarni ishlatayapsan», deydigan vaziyatga ko’p duch kelgansiz. Nima degani bu? Rus tilida aksariyat hollarda og’zaki nutqda qo’llanadigan va bayonga qo’pol ottenka beradigan bir qator so’zlar bor. Masalan, «ya upal» deyish o’rniga siz — «ya shlyopnulsya» yoki «ya bryaknulsya», deysiz. Sizning ko’chada, televizion ko’rsatuvda yoki multfilmda eshitgan har qanday so’zdan nutqda foydalanaverishingiz unchalik ham yaramaydi. Gap, sizni-da xuddi «Yeralash» kinofilmining taniqli syujetidagi ko’rgan kinofilmidan olgan taassurotlarini yoshi katta odamga odatda o’z o’rtoqlari bilan gaplashgandagi singari asosan undalmalar va kitobiy so’zlardan iborat tilda tushuntirishga uringan qahramon singari atroflardagilar tushunmasliklarida ham emas. Bunga o’xshash so’zlar faqat tilni bulg’aydi va hech bir foydali vazifani bajarmaydi. Shuning uchun yozuvchilar ulardan qahramonlar nuthi xususiyatlarini berish uchun foydalanadilar, shu tarzda ularga bag’oyat haqqoniy tavsif berishga erishadilar. Masalan, A. Blokning «o’n ikki» dostonidagi qahramonni eslang-chi. Abadiy tilda qo’llanishi qabul qilinmagan so’zlarga vulgarizmlar, jargonizmlar va oddiy xalq nutqidan so’zlarni kiritishadi. Odatda so’zlashuv tilida uchraydigan, ammo adabiy tilning hamma qabul qilgan me’yorlariga zid bo’lgan so’zlar yoki oborotlarni, shuningdek, adabiy nutqqa olib kirilgan qo’pol so’z va iboralarni vulgarizmlar deb atashadi. Mana shuning uchun ham ularni suhbatdoshlari tushunmasdan qolishlari mumkin. Jargonlar — bu, turli ijtimoiy guruhlar yoki kasblarning o’ziga xos «shartli» tili. Masalan, bugun tilimizda borgan sayin nutqimizga o’rnashayotgan, lekin yot sifati idrok etiladigan bank sohasi so’zlari ko’p uchraydi. «Aqllilik balosi» komediyasida Xlestovaning yorqin timsolini yaratgan A. Griboyedov oddiy xalq nutqidagi so’zlar haqida baridan yaxshi yozgan. Oddiy xalq tilidagi so’zlar va iboralarni ishlatgani tufayli bu ayol timsoli zamondoshlarni maftun qilgan betakror malohat kasb etgan.