AEROZOLTERAPIYA

AEROZOLTERAPIYA — biologik faol kukun dorilarni aerosol holida, ya’ni maxsus purkagich yordamida kuchli havo oqimi bilan purkab, nafas oldirib davolash; asosan bemorning nafas yo’llariga, organizmning turli bo’shliqlariga yoki tananing shikastlangan joylariga purkaladi. Bunda nafas yo’llarida dori yetarli kontsentratsiyada to’planadi. Nafas a’zolari kasalliklari (surunkali bronxit, bronxoektaziya, o’pka, shuningdek bronx sili va boshqalar) da qo’llaniladi.