AMRITSAR
AMRITSAR — Hindistonning shimolidagi Panjob shtatining eng katta shahri va temir yo’l tuguni. Aholisi 709 ming kishi (1991). Eng muhim savdo va sanoat (asosan to’qimachilik va oziq-ovqat) markazi. Jun, ip va ipak gazlamalar ishlab chiqarish, gilam to’qishda mashhur. Mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalari bor. Metall, suyak, ko’ndan har xil buyumlar yasaladi. Amritsar 1577 yilda muqaddas «obihayot ko’li» (sanskrit tilida «Amrita-Saras») atrofida sekhlarning to’rtinchi gurusi Ram Das tomonidan barpo etilib, sekhlarning muqaddas shahri, tarixiy, diniy va madaniy markazita aylangan. Amritsarda 16-17 asrlarda qurilgan «Oltin ibodatxona»— sekhlarning muqaddas obidasi bor (1761 yilda vayron bo’lgan, so’ng qayta tiklangan). Shahar 19-asrda Ranjit Singh davlati tarkibida bo’lgan. 1849 yilda inglizlar bosib olgan. Hindiston mustaqillikka erishgunga qadar mustamlaka tarkibida bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- AMRITSAR QIRG’INI
- AMSTERDAM
- AMTMAN-BRIEDIT
- AMU-BUXORO MASHINA KANALI
- AMU-QORAKO’L KANALI
- AMU-ZANG KANALI
- AMUDARYO
- AMUDARYO BO’LIMI











