ANTISEMITIZM
ANTISEMITIZM (yun. anti – qarshi, semit – ivrit, semit) — milliy va diniy bid‘atxurofot, yahudiylarga dushmanlik ko‗zi bilan qarash. Antisemitizm irqiy shovinizmning eng mudhish ko’rinishidir. Tarixda Antisemitizm turli shakllarda — atayin yolg’on, tuhmat tarqatish, har xil kamsitishlardan tortib, to ommaviy ravishda aholini ko‗chirib yuborish va qirg’in qilish, genotsidgacha namoyon bo’lgan. Masalan, XX asrning 30-40 yillarida fashistlar Germaniyasida genotsid va yahudiy aholisini ta‘qib etish davlatning rasmiy siyosatiga aylanganida namoyon bo’lgan. Antisemitizmning shakllari: segregatsiya, diskriminatsiya, genotsid.
O‘xshash so‘zlar
- ANTISEMITIZM
- Antisemitizm deganda nimani anglaysiz?
- ANTITOTALITAR INQILOB
- ANTREPRENER
- ANZYUK
- ANZYUS
- APARTEID
- APATIYA





