AREKIPA
AREKIPA — Peruning Limadan keyingi ikkinchi katta shahri. Mista vulkani etagida, 2300 metr balandlikda joylashgan; zilzila bo’lib turadi. Aholisi 634 ming kishi (1990). Peruning Janubdagi savdo-tijorat, sanoat va madaniyat markazi; tinch okeandan mamlakat ichki rayonlariga boradigan temir yo’l ustida. To’qimachilik, ko’n-teri, sovun, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet (1928) bor. Arekipa inklarning qadimgi shahri o’rnida ispanlar tomonidan 1540 yilda barpo etilgan. 16 — 18-asrlar me’moriy yodgorliklari saqlangan.