ARG’IN qabilasi haqida nimani bilasiz?
ARG’IN — 1) O’rta juz, qisman kichik juz tarkibiga kirgan qozoqlarning ko’p sonli qabilasi. 19-asr oxirida Arg’inlar 500 ming kishi bo’lgan. Arg’in 15-asrda qozoq elatining shakllanishida ishtirok etgan asosiy bo’g’imlar qatoriga kiradi. Sharqiy Qozog’iston hududida ko’chmanchilik bilan mashg’ul bo’lishgan. Arg’in tili — hozirgi qozoq adabiy tiliga asos bo’lgan qozoq tilining shimoliy-Sharqiy lahjasi. 2) O’zbeklar va qirg’izlar tarkibidagi urug’. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida arg’u tarzida uchraydi. Arg’in Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog’istonda ham etnonim yoki toponim sifatida uchrab turadi.
O‘xshash so‘zlar
- Arg’uvon
- ARG’ADAL haqida nimani bilasiz?
- ARG’ANUN haqida nimani bilasiz?
- ARG’UVON haqida nimani bilasiz?
- ARG’UMOQ haqida nimani bilasiz?
- ARG’UN IBN ABAQAXON kim bo’lgan?
- ARG’AY O’T haqida nimani bilasiz?
- ARG’IMCHOQ haqida nimani bilasiz?











