ASPARAGIN

ASPARAGIN, H2NOCCH2CH(NH2) SOON — o’simlik organizmida azotli birikmalarning almashinishidan hosil bo’ladigan Asparagin kislota amidi. Molekulyar modda 132,12; rangsiz kristallar. Suvda, kislotalarda yaxshi eriydi, organik kislotalarda erimaydi. Asparagin — alifatik a — aminokislota. Ko’p oqsillarning tarkibiga kiradi. Sarsabil (Asparagus) poyalarida topilgan. O’simlik va hayvon to’qimalarida erkin holda uchraydi. Dukkakli o’simliklarning maysalarida ham to’planadi. Asparagin o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi. U oqsil hosil bulishi jarayonida vujudga kelgan ammiakni zararsizlantiruvchi va o’simliklarni azot bilan ta’minlovchi birikma hisoblanadi.