ASPARAGIN haqida nimani bilasiz?
ASPARAGIN, H2NOCCH2CH(NH2) SOON — o’simlik organizmida azotli birikmalarning almashinishidan hosil bo’ladigan Asparagin kislota amidi. Molekulyar modda 132,12; rangsiz kristallar. Suvda, kislotalarda yaxshi eriydi, organik kislotalarda erimaydi. Asparagin — alifatik a — aminokislota. Ko’p oqsillarning tarkibiga kiradi. Sarsabil (Asparagus) poyalarida topilgan. O’simlik va hayvon to’qimalarida erkin holda uchraydi. Dukkakli o’simliklarning maysalarida ham to’planadi. Asparagin o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi. U oqsil hosil bulishi jarayonida vujudga kelgan ammiakni zararsizlantiruvchi va o’simliklarni azot bilan ta’minlovchi birikma hisoblanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Asparagin
- ASPARAGIN KISLOTA haqida nimani bilasiz?
- ASPARUX xoni haqida nimani bilasiz?
- ASPEKT haqida nimani bilasiz?
- ASPERGILLAR haqida nimani bilasiz?
- ASPERGILLYOZ haqida nimani bilasiz?
- ASPIDISTRA haqida nimani bilasiz?
- ASPIDLAR haqida nimani bilasiz?











