ASPARAGIN KISLOTA

ASPARAGIN KISLOTA (aminokax-rabokislota), — rangsiz kristallar, dikarbon aminokislotalardan biri, Molekulyar modda 133,1. Asparagin kislota hayvon va o’simlik oksillari tarkibida ko’p miqdorda uchraydi, ularda azot moddalarining almashinuvida muhim rol uynaydi. U pirimidin asoslari hosil bo’lishida, mochevina sintezida ham ishtirok etadi. Barcha organizmlarda erkin holda hamda oqsillar tarkibida mavjud bo’lganligi uchun uni sintez qilib olish mumkin. Asparagin kislotaning amidlanishidan asparagin hosil bo’ladi. Asparagin kislotani ilk bor 1868 yilda G. Ritxauzen konglutin va legumin oqsillaridan ajratib olgan.