ATSETALDEGID

ATSETALDEGID, sirka aldegid, etanal, SN3SNO —to’yingan aldegidlarayan biri. Molekulyar modda 44,05. O’tkir hidli, rangsiz suyuklik, suvda yaxshi eriydi. Zichligi 778 kilogramm/modda. Qaynash temperaturasi 20,8°. Atsetaldegid Kucherov reaktsiyasi yordamida, ya’ni atsetilenni simob tuzlari ishtirokida gidratlash yoki vino spirtini oksidlash nuli bilan olinadi. Atsetaldegid aldegidlarga xos kimyoviy reaktsiyalarga kirishadi. Mineral kislotalar ta’sirida Atsetaldegid suyuq holatdagi paraldegidni va qattiq holatdagi metaldegidni hosil qiladi. Paraldegid tibbiyotda uxlatuvchi dori, metaldegid esa qattiq yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Atsetaldegid sirka kislota, sirka  angidrid, etilasetat. alkilaminlar, butanol, tsellyuloza atsetatlari, turli farmasevtik preparatlar va sintetik smolalar olishda ishlatiladi.