Go’lax
Go’lax – hammomning o’t yoqiladigan maxsus o’choqxonasi (o’txonasi).

Go’lax – hammomning o’t yoqiladigan maxsus o’choqxonasi (o’txonasi).
Guruh pudrati – xo’jalik hisobi quyi shakli bo’lib, guruhga ma’muriyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qurilish ob’yekti yoki uning qismi bo’yicha ish bajarish topshiriladi. Shartnoma nazarda tutilgan, ish bajarish uchun zarur … Read More
Gurzi – katta, og’ir to’qmoq. Yog’och gurzi, temir gurzi.
Guruh – 1) bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta narsa yoki odamlar, hayvonlar; 2) umumiy manfaat, xususiyat, kasb, faoliyat va boshqalar bilan birlashgan odamlar (yoki ob’yektlar) majmui.
Gupchak (tovon) – osma yoki o’qga o’rnatish uchun aylanadigan teshikli qismning markaziy qismi.
Gumbazning egiz qirrasi – (fransuzcha: nervure jilka, qovurg’a, tahlam) gotik karkasli xochli tonozning chiqib turuvchi qirrasi.
Gumbaz hosil bo’lishi – quyma materiallar vertikal oqimida zarrachalarning idishning devorlariga tayanib, to’xtab qolishi.
Gumbaz qolipi (yoysimon qolip) – egri chiziqli shakldagi tosh va temir-beton konstruksiyalar (arklar, gumbazlar) qurishda qoliplarni vaqtincha qo’llab-quvvatlash uchun yordamchi qurilma. Masalan: qirrali yoysimon qolip.
Gumbaz bog’lash – gumbaz shaklidagi g’isht terish.