Mioma

Mioma (Mio… va Yunoncha ota — o’sma ma’nosini anglatuvchi qo’shimcha) — muskul to’qimasidan vujudga keladigan xavfsiz o’sma; tarkibida muskul elementlari bor. Silliq muskul to’qimalaridan paydo bo’ladigan leyomioma va ko’ndalangtarg’il muskullardan … Read More

Miologiya

Miologiya (Mio… va … logiya) — muskullar to’g’risidagi ta’limot, odam va hayvonlar anatomiyasining bir bo’limi.

Mira

Mira (lotincha mira — ajoyib) — Kit yulduz turkumida kuzatilgan birinchi o’zgaruvchan yulduz. 1596 yilda nemis astronomi Fabrisius aniqlagan. Ravshanligi o’rtacha 331,5 sutkalik davr bilan 2,0 dan 10,1 yulduz kattaligi … Read More

Miranda

Miranda — uran sayyorasining eng yaqin yo’ldoshi. Mirandani 1948 yilda AQSh astronomi J. Koyper topgan. Miranda diametri taxminan 500 kilometr. Sayyoradan o’rtacha uzoqligi 130400 kilometr. Uran atrofini 33 soat 56 … Read More

Mirza

Mirza — 1) yozuvchizuv ishlarini olib borgan mansabdor shaxs, kotib; 2) savodli, o’qimishli kishi; 3) O’rta Osiyo xalqlarida kishi ismi.

Mirzaboshi

Mirzaboshi — Qo’qon xonligidagi saroy mansablaridan biri. Mirzaboshi 1852 yil Toshkentda qipchoqlar hukmronligini ag’darib tashlash arafasida 2-shaxs (qushbegidan keyin) hisoblangan.

Mirzo

Mirzo (Arabcha-forscha — amirzoda, Amir avlodi) — Movarounnahrda 14-asrning so’nggi choragi — 15-asrlarda Amir Temur avlodlari — temuriy shahzodalar ismiga qo’shib aytilgan unvon, Amirzodaning qisqartirilgan shakli (masalan, Jahongir Mirzo, Bobur … Read More

Missiya

Missiya (lotincha missio — jo’natmoq) — 1) muayyan topshiriq bilan boshqa mamlakatga yuborilgan vakillar; 2) bir davlatning boshqa davlatdagi (elchixonadan farqli ravishda) vakili tomonidan boshqariladigan doimiy diplomatik vakolatxonasi.