Monoteizm, yakka xudolik

Monoteizm, yakka xudolik (mono … va Yunoncha treos — Xudo) — yagona Xudo haqidagi tasavvurlarga asoslanuvchi diniy e’tiqodlar. Ko’p xudolik (polite izm)ning aksi. Xristianlik, iudaizm va Islom Monoteizmga asoslangan dinlardir.

Monoxromatik yorug’lik

Monoxromatik yorug’lik (mono… va Yunoncha chromatos — rang) — muayyan va o’zgarmas chastotali elektromagnit to’lqin. Yorug’lik to’lqinlarining o’zaro farqi tufayli bu yorug’lik odamning ko’ziga turli ranglarda bo’lib ko’ringanligidan shunday atalgan. … Read More

Monoxromiya

Monoxromiya (mono… va Yunoncha chroma — rang) — san’at asarining rang (kolorit) echimi; biror-bir rangning bir tus yoki uning tuslanishi (bir rangga bo’yash)ga asoslanadi. Masalan, grizayl.

Monument

Monument (lotincha Monumentum — yodgorlik) — yirik tarixiy voqea, buyuk jamoat arbobi va boshqalar sharafiga bunyod etilgan yirik hajmdagi yodgorlik, haykal. Odatda Monument me’moriy ansamblda g’oyaviy va hajmli kenglikning asosini … Read More

Moratoriy

Moratoriy (lotincha moratorius — sekinlatuvchi, muddatni orqaga suruvchi) — muayyan majburiyat va xarakatlarning ijro etish muddatini hukumat tomonidan ma’lum vaqtga uzaytirish, to’xtatib qo’yish (masalan, yadro qurollari sinovi Moratoriyi.). Biror favqulodda … Read More

Morganida

Morganida (inglizcha Morgan-unit. Amerika biologi T. X. Morgan ismidan) — 1% krossingover chastotasi bilan ifodalanuvchi ikki gen lokusi orasidagi genetik masofaning o’lchov birligi. Xromosomalar genetik xaritasini tuzishda qo’llanadi.

Mordvalar

Mordvalar — xalq, Mordoviyaning tub aholisi (313 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida 1073 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Umumiy soni 1150 ming kishi. Erzya va moksha, Karatay va teryuxanlar etnik guruhlariga bo’linadi. … Read More

Morenali landshaft

Morenali landshaft — yer yuzasini morena yotqiziqlari qoplab yotgan joylar landshafti. Morenali landshaftda morena tepalari, ular orasida soyliklar, yirik g’o’latoshlar, soyliklarda ko’llar, botqoqliklar bo’ladi.

Moro

Moro (ispancha tog’o — Mavr) — Filippinning Jan.dagi xalqlar guruhi (sulu, samal, Magindanao, maranao, yakanlar va boshqalar). 1,97 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Indonez til guruhiga mansub tillarda so’zlashadi. Dindorlari — … Read More

Morf, morfa

Morf, morfa (Yunoncha morphe — shakl) — til (so’z)ning eng kichik ma’noli qismi, morfemankj aloqida bir ko’rinishi, varianti. Turli so’z shakllarida ishtirok etuvchi Morflar majmui morfemani tashkil etadi. Masalan, uyga, … Read More