Munjonlar

Munjonlar — Pomir xalqlari tarkibidagi etnik guruh. Afg’oniston Badaxshoni, Panj daryosining yuqori oqimlari havzasida yashagan. 1-ming yillik boshida Hindukush, Pomir, hozirgi Tojikistonning tog’li rayonlarida yashagan baqtriyaliklarning ajdodlari. Munjonlarning umumiy soni … Read More

Murid

Murid (Arabcha— ergashuvchi) — pir yoki eshon (murshid)ga qo’l berib, sufiylik yo’liga kirgan shaxs. Tasavvufda tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird ma’nosida ishlatiladi. Murid -murshidlik munosabatlari Muridning o’z piriga so’zsiz itoat … Read More

Muraqqa’

Muraqqa’ (Arabcha ruq’a — maktub, qog’ozdagi yozuv) — 1) maktublardan tuzilgan majmua. Muraqqa’da husnixat (yozuv) namunalari, alohida rasmlar to’plangan. Ular muqovalanib, kitob holiga keltirilgan. Odatda shohlar, shahzodalar Muraqqa’ to’plagan va … Read More

Murodobod

Murodobod — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Ramgang daryosi (Gang irmog’i) bo’yida. Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. Temir yo’l tuguni. Murodobod — kustar usulda ip gazlama to’qish, yog’och va … Read More

Murtak xaltachasi

Murtak xaltachasi, murtak qopchasi (Saccus emryonalis) — nusellusdagi hujayralardan (arxeosporalardan) biri. Ikki marta bo’linib, xromosomalar soni reduktsiyalanadi. Yangi hosil bo’lgan to’rtta hujayradan bittasi tez o’sib, kattalashadi va qolgan uchtasini hamda … Read More

Mustahab

Mustahab (Arabcha — sevilgan, yoqtirilgan) — shar’iy amal; uni bajargan kishi savobli bo’ladi, bajarmagan kishi gunohkor bo’lmaydi. Shar’iy hukmlar kitoblarida mo’min- musulmonlar qilishlari ma’qul bo’lgan o’nlab Mustahab amallar (nafl namozlarini … Read More

Mustovfiy, mustavfiy

Mustovfiy, mustavfiy — saroy mansabi. 1) G’aznaviylar davlatida moliya devonida kirim-chiqim, pul va boshqa qimmatbaho boyliklarni hisobga olish bilan shug’ullanuvchi amaldor; 2) Xorazmshohlar davlatida va viloyat moliya organi (devon al … Read More

Mutlaq geologik yosh

Mutlaq geologik yosh — tog’ jinslarining yoshi, vaqtning mutlaq birligida ifodalanadi; mineral tarkibidagi radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va boshqalar)ning parchalanishini o’rganish asosida aniqlanadi. Odatda million yillar bilan hisoblanadi. … Read More

Mutlaq, absolyut

Mutlaq, absolyut — shak-shubhasiz, shartsiz, hech qanday shart-sharoitlarga bog’liq bulmagan, cheklanmagan, poyoniga yetgan, mukammal degan ma’nolarni bildiruvchi tushuncha (masalan, Mutlaq haqiqat, Mutlaq monarxiya, Mutlaq chempion va boshqalar). Nisbiy tushunchasining teskarisi. … Read More

Muftiy

Muftiy (Arabcha — fatvo beruvchi), mufti — musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy. Muftiy diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin qilish, shariatni tatbiq etish borasida hal qiluvchi huquqqa ega. Odatda, uning fikr va qarorlari … Read More