Piknometr

Piknometr (Yunoncha pyknos — zich va … metr) — gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning zichligini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob; har xil shakl va hajmdagi shisha idish (kolba). Piknometrning suyuklik … Read More

Piltado’zi

Piltado’zi— pilta urib bezak hosil qilish usuli; shu usulda bezab tayyorlangan buyum ham Piltado’zi deb ataladi. Samarqand, Boysun kashtado’zligi (ayniqsa, do’ppido’zlik)ga xos.

Pilla, flyus

Pilla, flyus — tish milkining shishib, yiring boylashi. Oqibatda lunj ham shishadi. Tish chirishi (karies) asorati hisoblanadi. Bunda yiring tish kanali orqali atrofidagi to’qimalarga o’tadi, natijada tish qattiq og’riydi. Bemorni … Read More

Peshkurta, zehi kurta

Peshkurta, zehi kurta — kiyim bezagi; turli naqshlar tikib tayyorlanadigan jiyak; ko’ylak yoqa va o’yiqlarini hoshiyalab tikiladi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kiyimi uchun xos.

Peshin

Peshin (forscha) — kunning yarmi o’tgan payti va shu paytda o’qiladigan namoz. Peshin namozi Quyosh qiyomdan og’a boshlashidan to asr namozining vaqti kirguncha ado etiladi.

Peshayvon

Peshayvon (forscha, pesh — old va ayvon) — xonaning old tomoniga taqab qurilgan ayvon. Peshayvon unga yondosh xonalarning salqin va bahavo bo’lishini ta’minlaydi. Xalq me’morligida keng qo’llaniladi.

Petrosyan Tigran Vartanovich

Petrosyan Tigran Vartanovich (1929.17.6, Tbilisi — 1984.13.8, Moskva) — shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (1952), xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1960), falsafa fanlari nomzodi. Jahonning 9-chempioni (1963— 69), SSSR chempioni (1959, 1961, 1969, … Read More

Pessejiktepa

Pessejiktepa — neolit davri manzilgohi (miloddan avvalgi 6-ming yillik). Turkmanistondagi Geoktepa rayon markazi yonida joylashgan. Pessejiktepadan xom g’ishtdan ishlangan uylar, sajdagoh, freskalar, tosh qurollar, sopol idishlar chiqqan.