Ko’krak suyagi
Ko’krak suyagi — yerda yashovchi umurtqalilar skeletining bir qismi; yelka kamarining tayanchi.
Ko’krak suyagi — yerda yashovchi umurtqalilar skeletining bir qismi; yelka kamarining tayanchi.
Ko’krak qafasi — ko’krak umurtqalari, qovurg’alar va to’sh suyagining birikishidan hosil bo’lgan skelet o’qining bir qismi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar yelka kamarini ushlab turuvchi mustahkam tayanch.
Ko’krak bo’shlig’i — ko’krak qafasi ichidagi bo’shliq; unda kekirdak, qizilo’ngach, yurak, o’pka joylashgan.
Ko’krak — tananing oldingi (hayvonlarda) yoki yuqori (odamda) qismi.
Ko’knordoshlar — ikki pallali o’simliklar oilasi, ko’knoridan оliу navli тоу, morfin, papaverin tayyorlanadi.
Kuchala — to’pgul xili. Masalan, terak, oq qayin va boshqalar guli.
Kuzgi ekinlar — rivojlanishi va me’yorli o’sishi uchun past harorat talab qiluvchi bir yillik o’simliklar. Shuning uchun ularni kuzda ekilib, qishlaydi.
Kuyindi, jizg’in — o’simlik o’sayotgan joyning o’t ketgan yoki kuyib bitgan qismi.
Kuyikish davri — sut emizuvchi hayvonlarning juftlashish davridagi xulq-atvorlarining ko’rinishi. Mavsumiy xarakterga ega.
Кutin — Mumsimon parda — o’simliklarning epidermis hujayralaridan ajraladigan va hujayra qobig’i yuzasida Yupqa parda ko’rinishida yig’iladigan mumsimon modda.