Gipofarinks nima degani
Gipofarinks nima degani — halqumning ostki, qizilo’ngachgacha bo’lgan qismi.

Gipofarinks nima degani — halqumning ostki, qizilo’ngachgacha bo’lgan qismi.
Gipotrofiya nima degani — 1) a’zo yoki uning bir qismi hajmining kamayishi; 2) bolalarda oziqlanishning surunkali buzilishi natijasida organizm holdan toyadi.
Gipofiz nima degani — miya ortig’i kichik sharsimon yoki ovalsimon shaklli, bir qancha gormonlarni ishlab chiqaradigan, turk egarida joylashgan ichki sekretsiya bezi.
Gippokrat yuzi nima degani — qorindagi a’zolarning og’ir kasalliklarida yuz holarining o’zgarishi, buni dastlab Gippokrat qayd etgan. Masalan, tarqoq peritonitda, ichak o’tkazuchanligi to’xtaganda, vaboda kuzatiladi.
Gippokrat shovullash tovushi nima degani — Gippokrat ta’riflab bergan tovushli fenomen; plevra bo’shlig’ida bir vaqtda suyuqlik bilan gaz paydo bo’lganda kuzatiladi.
Girsutizm nima degani — ayollarda ortiqcha pigmentli junlarning o’sishi; soqol va mo’ylov paydo bo’lishi, tanada va qo’l-oyoqlarda jun o’sish bilan ifodalanadi; erkaklar jinsiy gormonlari ortiqcha ishlab chiqarilganda kuzatiladi.
Gisteroptoz nima degani — bachadonning o’rnidan siljishi, bachadon bo’yinchasi o’tirg’ich suyaklari qirralarini birlashtiruvchi chiziqdan pastda bo’ladi.
Gistiotsitoma nima degani — tarkibida ko’p miqdorda Tuto hujayralari va makrofaglarni saqlovchi terining tomir-biriktiruvchi to’qimali xavfsiz o’smasi.
Glas redutsirovanniy, redutsiyalangan ko’z nima degani — ko’zning soddalashgan fizik modeli. Optik sistemasida faqat bittagina nur sindiruvchi yuzasi bor.
Glaz sxematicheskiy, sxematik ko’z nima degani — ko’zning fizik modeli bo’lib, haqiqiy ko’zning o’rta fiziologik konstantalariga mos keladigan murakkab optik sistematik ko’z.