Glazki bonne, bonne ko’zchalari nima degani
Glazki bonne, bonne ko’zchalari nima degani — muguz parda chetining yuqori qismi mikroskopiya qilinganda traxomaning boshlang’ich davrida kuzatiladigan yassi piyolaga o’xshash mayda, dumaloq chuqurchalar.

Glazki bonne, bonne ko’zchalari nima degani — muguz parda chetining yuqori qismi mikroskopiya qilinganda traxomaning boshlang’ich davrida kuzatiladigan yassi piyolaga o’xshash mayda, dumaloq chuqurchalar.
Glaznoy puzir, ko’z pufakchasi nima degani — oraliq miya murtagi devorining juftlateral o’simtasi; tarkib topayotgan homila ko’z soqqasining “pufakcha” davri.
Glaznoye dno, ko’z tubi nima degani — oftalmoskopiya tekshiruvida ko’rinadigan ko’zning ichki (to’r va qon tomirli) qobiqlari hamda ko’ruv nervining diski.
Glikogevziya nima degani — biror ta’sirot bo’lmasdan turib, og’izning o’z-o’zidan shirin tortishi. Diabet, uch shoxli nerv, yuz nervi shikastlanganda orqa miya suxotkasida kuzatiladi.
Glitsinuriya nima degani — siydik bilan glitsinning ko’p miqdorda ajralishi (sutkada 200 mg.dan ko’p), buyrak kasalliklari yoki aminokislotalar almashinuvi buzilganda kuzatiladi.
Globulin nima degani — odatda (distillangan) suvdan erimaydigan va neytral tuzlar eritmasida eriydigan hamda qizdirilganda cho’kadigan chin oqsillar (proteinlar) guruhi. Qon zardobidagi barcha oqsillarning 40% ini tashkil etadi.
Glomerula nima degani — buyrak koptokchasi, buyrak koptokchalari, buyrakning po’stloq qismida joylashgan tomir sirtmoqlari va ularni o’rab turuvchi qobiqdan (Shumlyanskiy-Boumen qobig’idan) tashkil topgan. Shu koptokchalarda dastlabki (provizor) siydik hosil bo’ladi.
Glomerulit nima degani — buyrakning o’tkir yoki surunkali kasalliklarida tugunchalarning har qanday zararlanish yoki funksiyasining buzilishi. Bu zararlanishlar immunofluoressent bo’yovchi usullardan foydalanib, elektron mikroskopik tekshiruvlar yordamida yoki kasallik vaqtida bemordan … Read More
Glomus nima degani — terminal arteriyaning eng mayda tarmoqlaridan tashkil topgan va biriktiruvchi to’qima po’stloq bilan o’ralgan qon tomir kalavasi.
Glotaniye, yutish nima degani — murakkab reflektor harakat (akt), uning yordami bilan taomning og’iz bo’shlig’idan me’daga o’tkazilishi amalga oshiriladi.