SOQI

SOQI — Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbeklar (Laqay urug’i) orasida do’mbira jo’rligida kuylovchi dostonchilar shu nom bilan yuritiladi.

SOYAGI

SOYAGI — soya joyda mayiz quritish usuli. Asosan, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlarining tog’li hududlarida qo’llaniladi. 2) oq kishmish uzumni maxsus bino — soyagixonada quritib olingan mayiz.

SOSON

SOSON — Erondagi sosoniylar sulolasi bobokaloni. Axomaniylar davri (miloddan avvalgi 558-330) da otashparastlarning Staxr (hozirgi Istaxr) dagi Anaxita butxonasining kohini (mubod) bo’lgan. Sosoniylar davlatini idora etgan Eron shahanshoxlari o’zlarini Soson … Read More

SOSNOVES

SOSNOVES — Polshaning Janub qismidagi shahar. Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida, Katovise voevodasida. Aholisi 244,1 ming kishi (1999). Toshko’mir qazib olinadigan rayon markazi. Qora metallurgiya, kon mashinasozligi, to’qimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, … Read More

SORTAMENT

SORTAMENT (Fransuzcha assortir — saralash, tanlash), sortiment — Mahsulotning markasi, o’lchami va shakli bo’yicha tarkibi. «Sortament» termini, asosan, metallurgiyada metall prokatlar (masalan, relslar)ga nisbatan, «sortiment» esa yog’och materiallar ishlab chiqarishda … Read More

SONTOSH DOVONI

SONTOSH DOVONI — Tyanshan toglaridagi dovon. Issiqko’ldan sharqroqda, Qirg’iziston hududida. Balandligi 2195 metr Sontosh orqali Issiqko’l botig’idan Olmaotaga xalqaro avtomobil yo’li o’tgan.

SONGAY

SONGAY — Niger, Mali, Burkinafaso, Nigeriya va Benindagi xalq. 1,6 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Songay tilida so’zlashadi. Dindorlari — Sunniy musulmonlar. Songay dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash bilan shug’ullanadi.

SOMONIY

SOMONIY — Tojikiston Respublikasi pul birligi. 2000 yil 30 oktabrda muomalaga kiritilgan. 1 Somoniy q 100 dirham. Xalqaro ifodasi TAS. 1, 5, 10, 20, 50, 100 nominaddagi banknotlarda chiqariladi. Xalqaro … Read More