SHIFER

SHIFER (nemischa) — tom yopishda ishlatiladigan qurilish materiali. Tabiiy gilli slanesdan yupqa plita shaklida tayyorlanadi. To’lqinsimon profilli va yassi Shiferlar bo’ladi. Shifer mustahkam, suv o’tkazmaydigan, o’tga va sovuqqa bardoshli, ko’pga … Read More

SHISTOSOMATOZ

SHISTOSOMATOZ — odam va hayvonlarda uchraydigan surunkali invazion kasallik, gelmint — shistosomalar qo’zg’atadi. Odamda uchraydigan Shistosomatoz, asosan, tropik mamlakatlarda tarqalgan. Bunda badanga toshma toshadi, bemor hadeb qichinaveradi, siyganda siydik yo’li … Read More

SHIRMONBULOQ

SHIRMONBULOQ -Chilustun tog’ lariga tutashgan qirlar. Etagidagi hududlar bog’ va ekinzorlarg’a aylantirilgan. Janubiy Farg’ona kanalidan sug’oriladi.

SHIRK

SHIRK (Arabcha) — Allohning sherigi bor deb bilish, ko’pxudolilik. Islomga ko’ra, Allohdan boshqa «iloh»larga, shuningdek, butlar va odamlarga sig’inish katta gunoh, kufr hisoblanadi. Allohdan o’zgaga topinuvchilar mushrikdirlar. Qur’onga ko’ra, Shirk … Read More

SHIRVONSHOH

SHIRVONSHOH o’rta asrlarda shimoliy Ozarbayjondagi tarixiy viloyat va davlat Shirvon hukmdorlari unvoni (799— 1538). Shirvonshohlarning quyidagi sulolalari ma’lum: Mazyadiylar (799-1027), kesroniylar (1027-1382), darbandiya (1382- 1538).

SHIRA

SHIRA — 1) o’simlik bitlari hayot faoliyati natijasida o’simlik barglarida paydo bo’ladigan yopishqoq yaltiroq suyuqlik. Jonli tilda o’simlik bitlari ma’nosida ham ishlatiladi; 2) o’simliklarning gul shira bezlari ajratadigan shirin suyuqlik … Read More

SHIPKA

SHIPKA — Yazg’ulom tizmasining Janubiy tarmog’idagi cho’qqi (Pomir). Balandligi 6254 metr. Cho’qqiga birinchi marta 1968 yilda bolgariyalik alpinistlar chiqqan. Bolgariyadagi Shipka dovoni nomi bilan atalgan.

SHIPKA

SHIPKA — Stara-Planina tog’laridagi dovon, Bolgariyada. Balandligi 1185 metr. Shipka orqali Gabrovo — Krzonliq shossesi o’tgan. Dovon yaqinida bolgar va rus jangchilari xotirasiga bag’ishlab haykal va muzey qurilgan.

SHINGIL

SHINGIL, shoda — to’pgulning bir turi. Bitta gulpoyada uchiga yaqinlashgan sari qisqarib boradigan bandli gullar to’planadi. Masalan, tok (uzum) shingili. Shunday shingillardan bir nechtasining qo’shilishidan tashkil topgan to’pgul esa murakkab … Read More