SHINAK

SHINAK — 1) shahar, qal’a, qo’rg’on kabilar devoridan dushmanni kuzatish, undan saqlanish va otish uchun qilingan maxsus tuynukcha; pana joy.

SHIMOLIY TOJ

SHIMOLIY TOJ — osmonning Shimoliy yarim sharidagi yulduz turkumi. Ilon, Gerkules va Ho’kizboqar yulduz turkumlari orasida joylashgan. Eng ravshan yulduzi 2-yulduz kattalikda. O’zbekistonda may oyida ko’rinadi.

SHIMOL

SHIMOL, shimol nuqtasi — ufqning to’rtta asosiy tomonidan biri. Tush chizig’i bilan haqiqiy ufq doira chizig’i kesishgan va shim. qutbga eng yaqin joylashgan nuqta. Quyosh chiqadigan tarafga qarab turganda chap … Read More

SHIVAIZM

SHIVAIZM — hinduiylikdagi 2 asosiy oqimdan biri (vishnuizm bilan bir qatorda). Asosan, Hindistonning Janubiy va sharqida tarqalgan. Shivaizm tarafdorlari Shivani eng qudratli Xudo deb, unga e’tiqod qiladilar.

SHIBOG’U

SHIBOG’U, Sibog’u turk-mo’g’ul qabilalarida to’lov turi. Xon, Sultonlar va o’g’lonlar bir joydan ikkinchi bir joyga ko’chib, ovullardan o’tayotganlarida ularga aholidan to’plab beriladigan oziqovqat to’lovi. Bu, ko’pincha, pishirilgan go’shtdan iborat bo’lgan.

SHIVA

SHIVA — hinduiylikdagi uch oliy Xudo — Trimurtining biri; shivaizm tarafdorlari koinotda hamma mavjudotni yo’q qilib, qayta yaratuvchi Shivadan bo’lak doimiy hech narsa yo’q, deb tushunadilar. Shiva samoviy kuchquvvatni o’zida … Read More

SHIBIRMA

SHIBIRMA — isirg’a turi; 20-asr o’rtalarida yaratilgan. Zargarlar Shibirmada shabaka usulini qo’llab chiroyli shakl yechimiga erishgan. Barg (yurak) shaklidagi halqa ichi (markazi)ga dumaloq yoki oval shakli simli panjara ishlanib, durlar … Read More

SHESTERNYA

SHESTERNYA — tishli g’ildiraklar juftidagi g’ildiraklarning kichigi. Asosan, yetakchi g’ildirak vazifasini o’taydi. Agar ikkala tishli g’ildirakning o’lchamlari deyarli bir xil bo’lsa, ikkalasi ham Shesternya deb yuritiladi.

SHERMUHAMMAD MADRASASI

SHERMUHAMMAD MADRASASI — Qarshidagi me’moriy yodgorlik (17— 18-asrlar). Madrasa chorsi tarhli, bosh tarzi besh xonadan iborat. Markazida miyonsaroy, 2 yonida darsxona joylashgan, burchaklariga guldastalar ishlangan. Guldastalar tepasi fonusli, miyonsaroy orqali … Read More