ZEBUNNISO BEGIM

ZEBUNNISO BEGIM (1643 Dehli — 1721) — shoira, ma’rifatparvar. Boburiylar sulolasidan Avrangzebning qizi. Onasi Dilrasobonu Gulbadan begimning avlodlaridan. Bareliy («Tazkirai shoiroti urdu» — «Urdu shoirlarining tazkirasi»), Sherxoni Ludiy («Mirot ul-xayol» … Read More

ZEBRALAR

ZEBRALAR, Afrika yovvoyi otlari (Equus) — otlar kenja urug’i. Tanasining uzunlihi 200-240 santimetr, bo’yi yag’rinidan 120-140 santimetr, dumi — 47— 54 santimetr, vazni 350 kilogrammgacha. Tanasining rangi — oq va … Read More

ZEBO PARI

ZEBO PARI — maqom sho’balarida va mumtoz ashulalarda namud o’rnida qo’llaniladigan mashhur avj. Taxminlarga ko’ra, bu avjni Zebo pari taxallusli farg’onalik mashhur xonanda va sozanda-bastakor Abdurahmon (19 asr) ijod qilgan … Read More

ZEBIGARDON

ZEBIGARDON, zebisina — ziynat buyumi, ayollarning bo’yinga taqilib ko’krakka tushib turadigan taqinchog’i. Zebigardon shakldor yirik turunj va unga ikki tomonidan simmetrik birlashgan 6 huqqachalardan iborat bo’lib, ular o’zaro halqa, sadaf, … Read More

ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI

ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI — zargarlik san’atida yaratiladigan bezak buyumlari, taqinchoklar. Ayol libosini boyitib, ularni yanada nazokatli va jozibali qilib ko’rsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin, kumush va boshqalardan yasalib, javohirlar qo’yib bezatiladi, … Read More

«ZVEZDA VOSTOKA»

«ZVEZDA VOSTOKA» («Sharq yulduzi») — O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnali. Toshkentda rus tilida 3 oyda bir marta chiqadi. Muassislari — Toshkent matbaa kombinata, «O’qituvchi» nashriyoti, «Matbuot tarqatuvchi» ochiq … Read More

ZAHHOKI MORON

ZAHHOKI MORON — Qarshi temir yo’l stantsiyasi yaqinida joylashgan qadimgi qal’a-shahar xarobasi. Afsonaviy shoh Zahhok nomiga qo’yilgan bu qal’a-shahar xarobasining balandligi 15 metr, maydoni 16 gektardan ortiq. Arxeologik qazishlar Zahhoki … Read More

ZAHONA

ZAHONA — Ko’hitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining Janubi g’arbida, Sherobod tumani hududida, O’zbekiston Respublikasi va Turkmaniston chegarasida joylashgan. Eng baland joyi 3016 metr. Zahonaga may—noyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi bo’ylab o’tgan … Read More

ZAHKASHLAR

ZAHKASHLAR (Oniscoidea) — har xil oyoqli qisqichbaqasimonlar kenja turkumi uzunligi 1-50 millimetr. 1000 ga yaqin turi ma’lum. Ko’pchilik turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Nam joylarda hayot kechiradi (nomi shundan olingan). Kechasi … Read More

ZAHARLOVCHI MODDALAR

ZAHARLOVCHI MODDALAR — dushmanning askarlari, hayvonlari, shuningdek, oziq-ovqat, jangovar texnika, kiyim-kechaklarini zaharlash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar. Zaharlovchi moddalar havo orqali binolar, turar joylar, pana joylarga tarqalib, ulardagi odamlarga shikast yetkazadi. … Read More