AHMADI

AHMADI (Al-Ahmadi) — Quvaytdagi shahar. Aholisi 105 ming kishi (1985). Neftni qayta ishlash va suvni chuchuklantirish zavoddlari mavjud. Ahmadida neft eksport qilinadigan Minaal-Ahmadi porti bor.

AHMADJONOV MUXTOR ORIPOVICH

AHMADJONOV MUXTOR ORIPOVICH (1932.28.6-1998.29.10, Toshkent) – geolog olim, geolologiya-mineralogiya fanlari Doktori (1969), professor (1972). O’rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (1955). O’zbekiston Geologiya vazirligida geolog (1955 — 57). O’rta Osiyo mineral … Read More

AHMADJON QO’SHNAY

AHMADJON QO’SHNAY (Umrzoqov) (1888, Qo’qon-1959.7.11, Toshkent) — xalq sozandasi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). Mehnat Qahramoni (1930). Ro’zimat Mehtar, Hamroqul Surnaychi, Xoliq Qo’shnaychilarning shogirdi. Bayot, Dugohi Husayniy, Ushshoq kabi … Read More

AHMADBEKHOJI MEHMONXONASI

AHMADBEKHOJI MEHMONXONASI — Andijondagi me’moriy yodgorlik (1905-07). Andijonlik paxta zavodi egasi Ahmadbekhoji Temurbek o’g’li qurdirgan. Ahmadbekhoji o’z davrida yirik savdogar, sahovatpesha boy bo’lgan. Uning mehmonxonasi qurilishida mahalliy ustalardan Yu. Musaev, … Read More

AHMAD POLVON

AHMAD POLVON (Tolibboyev) (1865 — Toshkent shahri. Shayxontohur mavzei — 1914) —mashhur o’zbek polvoni. Yoshligidan kurashga qiziqdi. 1895 yil mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kilogramm) Toshkentga kelganda u bilan … Read More

AHMAD (MIRAK) MIRZO

AHMAD (MIRAK) MIRZO (1388— 1425) — temuriylardan. Umarshayx Mirzo Bahodirning ukasi. Amir Temurning Xitoyga qilgan yurishida qo’shinning o’ng qanotiga Xapil Sulton bilan birgalikda rahbarlik qilgan. Amir Temur vafotidan so’ng Shohrux … Read More

AHMAD MIDHAT

AHMAD MIDHAT (1844 — 1913) — turk yozuvchisi, ma’rifatparvar. Turk adabiyotida kichik hikoya va romanchilik asoschisi. Ilk hikoyalar to’plami («Qissadan hissa») 1870 yilda bosilgan. Bag’dodda (1868), Istanbulda (1871) bosmaxona tashkil … Read More

AHMAD IBN MUSO IBN SHOKIR

AHMAD IBN MUSO IBN SHOKIR (9- asr) — astronom. Ahmad al-Farg’oniy zamondoshi, tarixda Muhammad va Hasan ibn Muso ibn Shokir nomi bilan mashhur bo’lgan uch aka-uka hay’atshunos (munajjim)larning biri. Aka-ukalari … Read More