ASHIRIT

ASHIRIT, mis zumradi —dioptazning eski nomi. Ashirit Markaziy Kozog’istondagi Oltintepa koni yonidan bu mineralning 1785 yilda katta kristallini topib kelgan buxorolik savdogar Ashir Muhammadning nomiga qo’yilgan.

ASHIR

ASHIR (Arabcha) — qadimgi hajm o’lchovi; qiymati xalqaro birliklar tizimi bo’yicha 6 l ga teng (1 Ashir =6 l).

ASHINA XELU

ASHINA XELU (7-asr) — G’arbiy turk xoqonligi xoqonlaridan biri. 645 yil Tan sulolasi Yaochi tumani (hozirgi Xitoydagi Urumchi shahrining shimoliy-sharqidagi Fukan uezdi) da Ashina xelu boshchiligida noiblik barpo etgan. Xitoy … Read More

ASHINA

ASHINA («A» — Xitoy tilida hurmat belgisi, qushimcha so’z bo’lagi — «Shono», «Chino», mo’g’ulcha — «bo’ri»; Aqshina — «olijanob bo’ri») — 1) qadimgi turkiy urug’lardan birining nomi; 2) Turkiy xoqonlar … Read More

ASHIN

ASHIN — qadimgi turkiy urug’lardan birining boshlig’i. U ikkinchi Hunnu saltanati davrida hunnular xoni Mugonxonga qaram bo’lgan. Saltanat Tabg’ach (Tobos) xonlari tomonidan yemirilgach (439), Ashin 500 uylik urug’i bilan Oltoy … Read More

ASHIKO’L

ASHIKO’L — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ko’l. Amudaryoning o’ng sohilida. G’arbda Besto’ba va Sharqda Kushtepa balandliklari orasida joylashgan. Shimoldan Janubga yo’nalgan. G’arbiy sohillari Tabaqqum cho’liga tutash. Uzunligi 800-1000 metr, eni 300-350 metr, … Read More

ASHYOVIY DALIL

ASHYOVIY DALIL — jinoyat yoki fuqarolik ishini to’g’ri yuritish uchun ahamiyatli bo’lgan narsalar. Amaliyotda «tilsiz guvohlar» deb yuritiladi. Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki turgan joyi o’zgarganligini, u … Read More

ASHERSONIYA

ASHERSONIYA (Ashersonia) — takomillashmagan zamburug’lar avlodi; oqqanotlar oilasiga mansub zararkunanda hasharotlarning tabiiy kushandasi. Zararkunanda hasharotlarning 1 — 3 yoshdagi lichinkalarini shikastlaydi. Aning oqqanotlarga qarshi qo’llaniladigan juda ko’p formalari mavjud (Vetnam … Read More

ASHEL MADANIYATI

ASHEL MADANIYATI — quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh cho’qmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, o’tkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Frantsiyaning Amen shahri yaqinidagi … Read More

ACHCHIQQOZON

ACHCHIQQOZON — chelaksimon mis qozon. Ipak bo’yash korxonalarida bo’yalgan ipakning ranglari mustahkam bo’lishi uchun achchiqtosh eritilib, ipakni solib achchiqqa bosishda ishlatiladi. Unga 20 chelak suv sig’adi.