ATLANTIKSITI

ATLANTIKSITI — AQSh shimoli- sharqidagi shahar, Nyu-Jersi shtatida. Aholisi 309 ming kishi (1988; shahar atrofi bilan). Silikat-keramika, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Kimyo farmatsevtika uskunalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Dengiz … Read More

ATLANTIDA

ATLANTIDA — Platon asarlarida saqlangan yunon rivoyatlariga ko’ra, Atlantika okeanida, taxminan Gibraltar bo’g’ozining g’arbida mavjud bo’lgan ulkan Orol. Yeri serhosil, aholisi zich joylashgan. Zilzila natijasida okean qa’riga cho’kib ketgan. Atlantidaning … Read More

ATLANTA

ATLANTA — AQShdagi shahar, Jorjiya shtatining ma’muriy markazi. AQSh Janubidagi yirik transport, savdo-sanoat, madaniyat markazi, xalqaro aeroport bor. Aholisi 394 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 2,4 million kishi). Aviaraketakosmik, … Read More

ATLANT

ATLANT — bezak haykaltaroshligi asari; yunonlar tasavvurida osmon gumbazini ko’tarib turgan pahlavonning nomi. Atlant odatda, me’morlikda binoni biror joyini ko’tarib turuvchi ustun, yarimustun va tirgovich vazifasini o’taydi. Ko’pincha bino tashqarisidagi … Read More

ATKA

ATKA — Temuriylar davrida amirzodalarga ilm-fan, harbiy san’at, odob-axloqning nozik jihatlaridan tarbiya beruvchi mansabdor shaxs. Turkistondagi xonliklar davrida (16— 19-asrlar) tarbiyachi, otaliq istilohi bilan ifodalangan.

ATIRQOVUN

ATIRQOVUN (Melo dudaim) – qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Bo’yi 30 — 80 santimetr. Bargi to’garak yoki tuxumsimon. Guli bir yoki ikki jinsli. Mevasi dumaloq, diametri … Read More

ATIREOZ

ATIREOZ (athyreosis; Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va lotincha glandula thyreoidea — qalqonsimon bez) — tug’ma qalqonsimon bez bo’lmasligi.

ATIRDON

ATIRDON (Arabcha — atir, fors. — idish) — atir solinadigan idish. O’zbek (Toshkent, Buxoro, Qo’qon) zargarlari nafis bezakli, shakli bejirim Atirdonlarni mis yoki jezdan yasagan.

ATIRGUL MOYI

ATIRGUL MOYI — efir moyi; tiniq moysimon xushbo’y sarg’ish suyuqlik. Zichligi 950 — 990 kg/m3 (20° da). Atirgulning, asosan qozonlik (Bolgariyadagi shahar nomidan) atirgulning gulbargini suv bug’i bilan haydash yoki … Read More

ATIRGUL

ATIRGUL (Rosa L.) — ra’nodoshlar turkumining xushmanzara o’simlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qo’yilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda o’sadigan turlari xalqda ra’no, na’matak, qirq og’ayni va … Read More