ASTROSPEKTROGRAF

ASTROSPEKTROGRAF (ostro… va spektr, Yunoncha grapio — yozaman) — astronomik asbob; kosmik jism nurlarini spektrga ajratib, uning fotosuratini olish uchun qo’llaniladi.

ASTROPOLYARIMETRIYA

ASTROPOLYARIMETRIYA (ostro… va Yunoncha polaris — qutbga oid, metreo — o’lchayman) — osmon yoritqichlari nurining qutblanish darajasini o’lchab, ularning ayrim fizik xususiyatlarini o’rganuvchi astrofizik usul. Yoritqich nurining qutblanish darajasi polyarimetr … Read More

ASTRONOMIYA — GEODEZIYA TARMOG’I

ASTRONOMIYA — GEODEZIYA TARMOG’I — bir-biridan taxminan 70— 100 kilometr uzoqlikda joylashgan astronomiya-geodeziya punktlarining o’zaro bog’langan tizimi. Ana shunday punktlarning geografik koordinatalari masofa va burchaklarni geodezik o’lchashdan, astronomik kuzatishlardan topiladi. … Read More

ASTROORIENTATSIYA

ASTROORIENTATSIYA (ostro… va Fransuzcha orientatioh — Sharqqa tomon yo’nalish) — uchuvchi apparatni «qo’zg’olmas» yulduzga nisbatan astrodatchik yordamida yo’naltirish usuli. Kosmik rasadxonalar, avtomatik sayyoralararo stansiyalarda astrofizik tekshirishlarni bajarishda qo’llaniladi. Masalan, Xabl … Read More

ASTRONOMIYA INSTITUTI

ASTRONOMIYA INSTITUTI, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti — Turkiston o’lkasida xaritalashtirish va iqlimni o’rganish maqsadida Turkiston harbiy topografiya bo’limi qoshida Toshkent astronomiya rasadxonasi sifatida 1873 yil tashkil qilindi. … Read More

ASTRONOMIYA

ASTRONOMIYA (ostro… va Yunoncha nomos — qonun) — Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo bo’lishini taraqqiyoti va tuzilishini, ko’rinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun … Read More

ASTRONOMIK SOATLAR

ASTRONOMIK SOATLAR — astronomik kuzatishlarda qo’llaniladigan aniq va xatosiz yuradigan soatlar. Vaqtni katta aniqlik bilan bilish astronometriyada va amaliy astronomiyaning bir necha bo’limlarida juda zarur hisoblanadi. Qadim zamonlardan to 15-asrgacha … Read More

ASTRONOMIK PUNKT

ASTRONOMIK PUNKT — astronomik kuzatishlardan kenglama va uzunlamasi hamda yo’naltirilgan predmet azimuti topilgan yer yuzasidagi nuqta. Ba’zi Astronomik punktlarda yuqoridagi u yoki bu parametr aniqlanmagan bo’lishi mumkin. Agar Astronomik punkt … Read More

ASTRONOMIK KOORDINATALAR

ASTRONOMIK KOORDINATALAR — ixtiyoriy yoritkichning osmon sferasidagi vaziyatini aniqlash uchun qo’llaniladigan sistemalar. Sfera sirtidagi har qanday nuqtaning vaziyati asosiy deb qabul qilingan biror katta aylanada (markazdan o’tuvchi) yotuvchi yoy va … Read More

ASTRONOMIK GEODEZIYA

ASTRONOMIK GEODEZIYA — geodeziyaning ma’lum tarmoqlarini qurish nazariyasini hamda usullari va yerning shakli, o’lchamlari va gravitatsion maydonini o’rganadigan bo’limi. Astronomik geodeziya Yer yuzasida va Yer yaqinidagi fazoda o’tkazilgan astronomik, geodezik … Read More