ARG’UMOQ
ARG’UMOQ — zotli chopqir otlarga Sharq xalqlari bergan umumiy nom. Bu nom bilan ataluvchi otlar ko’proq Arabi ot, Axaltaka, yovmut, qorabayir ot zotlariga mansub. Xalq og’zaki ijodida Arg’umoqlar bedov, tulpor … Read More
ARG’IMCHOQ — o’yin-ermakka uchiladigan tebranma moslama. Odatda Arg’imchoq daraxtning katta butog’iga yoxud imorat xarisiga osilib, ikki uchiga taxta (o’rindiq) bog’langan arqondan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan Arg’imchoqlar birmuncha murakkab: ularning o’rindig’i, … Read More
ARG’AY O’T (mo’g’ulcha arg’a — aldash, turkcha — o’t, olov) — turk-mo’g’ul qabilalari harbiy san’atida qo’llanilgan usullardan birining nomi. Dushmanni chalg’itish maqsadida qo’shin miqdorini bo’rttirib, ko’paytirib ko’rsatish uchun odatda oz … Read More
ARG’ADAL (turkiycha) — qadimgi turkiy xalqlarda, keyinchalik Amir Temur va Temuriylar davrida dushmanga qo’qqisdan zarba berish maqsadida askarlar berkinadigan pana joy, pistirma.
ARQUL — arablarda puflab chalinadigan (qo’shnaysimon) cholg’u. Arqulning qo’shnaydan farqi shuki, undagi nayning biri o’zgarmaydigan (Burdon) tovush berib, kuy hosil etadigan ikkinchi nayga hamohang bo’ladi.