ARXIMED
ARXIMED (taxminan miloddan avvalgi 287 — Sirakuza (Sisiliya) — 212) — yunon mexanigi va matematigi. Arximed o’sha zamonning yirik ilmiy markazi — Iskandariyada ta’lim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida … Read More
ARXIEPISKOP (arxi… va episkop) — ruhoniylik unvoni, xristian cherkov ierarxidagi oliy darajalardan biri. Hamma episkoplar teng va bir xil hokimiyatga ega deb hisoblansa ham apostol qoidalari asosida ayrim episkoplarga boshqalarning … Read More
ARXESPORA (Yunoncha arche — boshlanish va spora) — yo’sinlar va paporotniklar bo’limiga mansub o’simliklarda spora hosil qiluvchi, gulli o’simliklarda esa chang va murtak xaltachalari yetishtiruvchi hujayralar.
ARXEOSIATLAR (Archeocyathida) -qirilib ketgan umurtqasiz jonivorlar turkumi. Bo’yi 6 — 8 santimetr, eni 1-2 santimetr. Kembriy davridagi dengizlarda yashagan. Arxeosiatlar g’uj bo’lib to’plangan joylarda keyincha riflar vujudga kelgan. 100 metrgacha … Read More
ARXEOPTERIKS, arxeornis, dastlabki qush (Archaeopteryx) — qushlarning eng qadimgi qirilib ketgan urug’i, kaltakesakdumlilar (Saururae, ya’ni Archaeoruithes) kenja sinfiga kiradi. Zag’izg’on kattaligidagi bitta turi (A. lithographica) ma’lum. Arxeopteriks patlarining izi dastlab … Read More
ARXEOLOGIYANING ISH USLUBI — moddiy madaniyat yodgorliklari mavjud joyning tabiiy geografik tuzilishiga va ulardagi tarixiy-maishiy holatga qarab tadqiqot ishlarini belgilash: 1) arxeologik axtarish (rekognossirovka)dan iborat bo’lib, unda ma’lum joyda qaysi … Read More
ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI — moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo’li bilan o’rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlari, muzeylar va o’lkashunoslik to’garaklari tashkil etadi. Ko’pincha, kompleks ravishda … Read More