ANAMNIYALAR

ANAMNIYALAR (Anamnia) — embrional taraqqiyotning dastlabki davrida embrion pardalari, jumladan amnioni ham bo’lmaydigan tuban umurtqali hayvonlar guruhi. To’garakog’izlilar, baliqlar, suvda hamda qurukda yashovchilarni o’z ichiga oladi. Anamniyalar birlamchi suv umurtqalilari … Read More

ANAMNEZ

ANAMNEZ (Yunoncha anamnesis — xotira) — bemorning o’zidan yoki uni biladigan kishilardan shu bemorning hayot sharoiti va kasallik tarixi haqida so’rab to’planadigan ma’lumotlar. Anamnez to’g’ri diagnoz qo’yishda eng muhim tekshiruv … Read More

ANALTSIM

ANALTSIM — tseolitlar guruhiga mansub mineral. Notekis dumaloq trapesoedr ko’rinishida kristallanadi. Rangi oq, kulrang, pushti, yashilroq, ba’zan qizil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 5,5 — 6,0; sof og’irligi 2,2 — 2,3. Kelib … Read More

ANALGIN

ANALGIN (Analginum) — narkotikmas analgetiklarning pirazolon unumlari guruhiga mansub dori; og’riq qoldiruvchi, yallig’lanishga qarshi va isitma tushiruvchi xossaga ega. Turli sabablarga ko’ra kelib chiqqan kuchsizroq og’riqlarni qoldirish, isitma tushirish, gripp, … Read More

ANALGETIKLAR

ANALGETIKLAR (analgetik moddalar) — og’riqni qoldiruvchi yoki kamaytiruvchi dorilar; farmakologik ta’siriga ko’ra narkotik va narkotikmas Analgetiklar farq qilinadi. Narkotik Analgetiklarga morfin, omnopon va uning sintetik o’rindoshlari (promedol, fenadon va boshqalar) … Read More

ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI

ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI — analog va raqamlihisoblash mashinalarining qismlari (bloklari)dan tashkil topgan qurilma. Mashina o’zgaruvchilari raqamli va analog (uzluksiz) ko’rinishda ifodalanadi. Analog va raqamli EHMlarning kamchiliklarini bartaraf etish, ularning afzalliklarini … Read More

ANALOGIYA

ANALOGIYA (Yunoncha analogia — muvofiqlik, aynanlik, o’xshashlik) — 1) (falsafada) predmet va hodisalarda biror xususiyatning o’xshashligi. Mantikda Analogiya yordamida ikki predmetning kandaydir bir xususiyati o’xshasa, boshqa xususiyatlari ham o’xshashligi haqida … Read More

ANALOG HISOBLASH MASHINASI

ANALOG HISOBLASH MASHINASI — uzluksiz o’zgaruvchi fizik kattaliklar (mexanik siljish, kuchlanish, tok kuchi, temperatura va boshqalar) ning qiymatlari aniqlanadigan matematik masalalarning sonlarini shu miqdorlar bilan taqqoslaydigan hisoblash mashinasi. Analog hisoblash … Read More

ANALITIK CHATISHTIRISH

ANALITIK CHATISHTIRISH, tahliliy chatishtirish — birinchi avlod duragaylarini resessiv gomozigotali ota-ona formalar bilan chatishtirish; bekkrossning bir ko’rinishi. Shuningdek, Analitik chatishtirishdan genetika-selektsiya tadqiqotlarida boshlang’ich Materialning genotipini taxlil qilishda, krossingover — birikkan … Read More

ANALITIK FUNKTSIYA

ANALITIK FUNKTSIYA — matematikaning asosiy tushunchalaridan biri; darajali qator yig’indisi ko’rinishida yozilishi mumkin bo’lgan funktsiya. Bundan Analitik funktsiyaning istalgan tartibdagi hosilasi ham mavjudligi kelib chiqadi. Analitik funktsiya sinfi yetarlicha keng … Read More