Kura (otashdon)
Kura (otashdon) – ma’dan eritiladigan maxsus o’choq.

Kura (otashdon) – ma’dan eritiladigan maxsus o’choq.
Kurvi chuvach – odatda mato bilan qoplangan katta chodir.
Kurak (belkurak) – qum, qor kabi mayda narsalarni sidirish, yig’ish, surish uchun ishlatiladigan uzun sopli asbob. Asosiy qismi temir, yog’ochdan yasaladi.
Kunda – qisman vayron kesib tashlangandan keyin qolgan va uning ildizlarini o’z ichiga olgan daraxt tanasining kichik qismi.
Kungura – qal’a devorlari yoki imorat aylanasiga tishga o’xshatib ishlangan bezak, devor tepasiga o’rnatiladigan maxsus shaklli qator.
Kungay – quyoshga yuzlangan tomon, taraf.
Kunbay ish (mardikorlik) – har bir ishlangan kun uchun kelishib, to’lanadigan ish haqi.
Kulxona – go’lax yonidagi kul yig’iladigan joy.
Kulohiy gumbaz – quloq (uchli qalpoq) shaklidagi gumbaz. Chashmai Ayub (Buxoro), Hazrati Imom (Shahrisabz), Qaldirg’ochbiy (Toshkent) kabi yodgorliklarda kulohiy gumbazning turli namunalarini ko’rish mumkin.