«AXLOQI MUHSINIY»

«AXLOQI MUHSINIY» – Husayn Koshifiynij axloqqa oid asari. Sulton Husaynning o’g’li, Temuriylar shahzodasi, Marv hukmroni Muhsinga bag’ishlangan. Bu asar shaxsiy, oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o’z ichiga olgan 40 bobdan iborat. Asarda muallif adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va’daga vafo qilish, shijoat va siyosat kabi masalalar haqida so’z yuritadi. «Axloqi Muhsiniy»ni 1858 yil Ogolim fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Asar O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Uning ko’pgina Nodir qo’lyozma nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.