AXSIKATIY ABU ROSHID AHMAD IBN MUHAMMAD

AXSIKATIY ABU ROSHID AHMAD IBN MUHAMMAD (1073 — 1134) — tarixchi olim, shoir. Laqabi — «Zulfazoil» («Fazilatlar sohibi»). Marvda yashab, Sulton saroyida munshiypik qilgan. Axsikatiyning «Kitob at ta’rix» («Tarix kitobi»), «Kitob fiy qavlihim» («Ularning so’zlari haqida kitob»), «Kitob az-zavoid fiy sharh saqt uz-Zand» («Chaqmoq tosh uchqunlari dostoniga bitilgan sharh») nomli asarlari saqlangan. Zahiriddin Bayhaqiyning yozishicha, Axsikatiy «Sulton alfuzalo» («Fozillar sultoni») laqabi bilan mashhur bo’lib, Ozarbayjondagi Otabeklar saroyida shoir bo’lgan.