BABANINA SVETLANA VIKTOROVNA

BABANINA SVETLANA VIKTOROVNA (1943.4.2, Tambov viloyati) — suvda suzish bo’yicha jahon rekordchisi, xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1964). 1954 yildan O’zbekistonda yashaydi. Uch marta mamlakat chempionligi oltin medali bilan taqdirlangan (1962, 1963, 1964). Spartakiada g’olibi (1963). Jahon universiadasining ikki oltin, ikki kumush va bir bronza medaliga sazovor bo’lgan (1965, Vengriya). 4×100 metr estafeta suzishida Yevropa chempioni (1966). Tokio olimpiadasida ikki marta bronza medali bilan mukofotlangan (1964). 100 metrga brass usulida suzish bo’yicha ikki marta jahon rekordini o’rnatgan (1964, 1965). 1995 yildan respublika Olimpiada rezervlari bilim yurtining murabbiysi.