BAKTERIOLOGIK QUROL
BAKTERIOLOGIK QUROL, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va o‗simliklarda kasalliklar qo’zg’atuvchi, sun‘iy ko’paytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirg’in vositasi. Bakteriologik qurol asosan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburug’ va boshqalar) yuqtirilgan pashsha, chivin, kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy mutaxassislari odamlarga shikast yetkazadigan bakterial vositalarga, chin chechak, kuydirgi, tulyaremiya, manqa, sariq, isitma, brusellyoz, vabo va boshqa kasallik qo’zg’atuvchilarini; hayvonlarga shikast yetkazuvchi bakterial vositalarga oqsil kasalligi, o’lat, cho’chqalarning afrika chumasi kasalligi, brusellyoz va boshqalarning qo’zg’atuvchilarini; o’simliklarni zararlantiruvchi bakterial vositalarga bug’doy zang kasalligi, kartoshka fitoftorasi, sholi pirikulyariozi va boshqa kasallik qo’zg’atuvchilarini kiritadi.
O‘xshash so‘zlar
- BAKTERIOLOGIYA
- Bakteriologiya
- BAKTERIOLOGIK QUROL
- BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALAR
- Bakteriolog
- Bakteriologik
- Bakteriologiya
- BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) VA TOKSIN QUROLLARI ISHLAB CHIQARISHNI, ZAXIRALARINI TO’PLASHNI TAQIQLASH VA ULARNI YO’Q QILISH HAQIDAGI KONVENSIYA deganda nimani bilishimiz kerak?





