Balanopostit nima degani
Balanopostit nima degani – olatning boshi va ichki bargi yallig’lanishi. Odatda, fimozda yuzaga keladi va oddiy balanitga qaraganda organizmning ancha intensiv mahalliy reaksiyasi hisoblanadi. Zararlangan joylar qizaradi va shishadi, bu olatning siydik chiqarish teshigi yanada torayishiga olib keladi, natijada, siydik chiqarish jarayoni qiyinlashadi va juda og’riqli bo’ladi. Davolash antibiotiklar yordamida olib boriladi; kasallik qaytalanishining oldini olish uchun sirkumsiziya o’tkaziladi.
O‘xshash so‘zlar
- Balanorragiya nima degani
- Ballizm nima degani
- Balneologiya, mineral suvlarning organizmga ta’sirini o’rganuvchi fan nima degani
- Balzam, malham nima degani
- Balzamirovaniye, mumiyolash, balzamlash nima degani
- Bandaj, bo’g’ich nima degani
- Barabannaya pereponka, nog’ora parda nima degani
- Barbituratizm nima degani





