BALNEOTEXNIKA
BALNEOTEXNIKA (balneo… va texnika) — sanitariya texnikasining bir bo’limi; mineral suvlarni tugab qolishi hamda ifloslanishidan saqlash uchun balneologiya ma’lumotlariga asoslanib, zarur sharoit tug’dirish va ulardan davolash-profilaktika maqsadida samarali foydalanish usullarini ishlab chiqadi. Shifobaxsh balchiqni manbaidan shifoxonalarga keltirish va tabiiy xossalariga putur yetkazmasdan isitib berish va ishlatish ham Balneotexnikaning vazifasidir.
O‘xshash so‘zlar
- BALOG’ATGA YETISH
- BALOZURIY AXMAD IBN YAHYO IBN JOBIR IBN DOVUD
- BALTIMOR
- BALTUSHIS
- BALUJ TILI
- BALUJISTON
- BALUJLAR
- BALX


