BAYDARA VODIYSI
BAYDARA VODIYSI – Qrim yarim orolining Janubi-g’arbidagi soylik. Sevastopoldan Janubi-Sharqda. Uzunligi 16 kilometr, eni 8 kilometrgacha. Soylikda dehqonchilik qilinadi, bog’, tokzorlar barpo etilgan, yon bag’rida daraxt va butalar o’sadi. Yalta—Sevastopol shosse yo’li Baydara vodiysidan (Baydara darvozasi dovoni orqali) o’tadi. Turizm rivojlangan.