BEDA QANDALASI
BEDA QANDALASI (Adelpnocoris lineolatus Goeze) — chala qattiq qanotli hasharotlar turkumining so’qirlar oilasiga kiradigan hammaxo’r hasharot, ayniqsa beda va uning urug’iga katta zarar yetkazadi. Voyaga yetgan qandala (kattaligi 7 — 9,5 millimetr) cho’ziq, sarg’ish-yashil. Yelkasida 2 ta qora nuqtasi bor. Tuxumini beda poyasi ichiga qo’yadi. Urg’ochisi 50 tacha tuxum qo’yadi. Lichinkasining tanasi yashil, uzunligi 3,5 — 5 millimetr. Bir yilda 3, hatto, O’zbekistonning Janubda 4 bo’g’in beradi. Beda qandalasi va lichinkalari bedaning bargi, kurtagi va gulidan, g’o’zaning shonasi va gul bandidan shira so’radi. Natijada shona, gulchalar to’qiladi.