BEGOR

BEGOR (hindcha) — o’rta asrlarda O’rta Osiyo va O’rta Sharqda (Eronda 8-asrdan, O’rta Osiyo, Hindiston va Afg’onistonda esa 10-asrdan) mavjud bo’lgan majburiyat.Mehnatkash xalq xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va zamindorlarning turli qurilishlari (qal’a, saroy, yo’l qurilishlari, kanal va ariqlar qazish va boshqalar) da tekinga ishlab berishga majbur qilingan. Masalan, Abdullaxon II ning maxsus farmoni bilan mashhur Jo’yboriy xojalardan Xoja Sa’dning yerlariga Vaxshdan suv chiqarish uchun ariq qazishga Hisor, Dexinav, Qubodiyon va Shahrisabzdan 10 ming kishi safarbar qilingan. Begor 18 — 19-asrlarda ham bo’lgan. Begorni barshchinaning bir shakli deyish mumkin. Ad.: Juvonmardiyev A., 16 — 19-asrlarda Farg’onada yer-suv masalalariga doir, T., 1965.